Start
169 000 soʻmoyiga
Nimalar kiradi
- CRM: asos
- Toʻlovlar hisobi
- Davomat
Narx oʻquvchilar soniga emas, modullarga bogʻliq
Guruhlar, dars jadvali, oylik toʻlov va oʻqituvchilar maoshi bitta oʻquv markazi dasturida. Qarzdorlar roʻyxati oʻzi tuziladi, farzandi markazga kelganini ota-ona Telegramda bilib turadi.
Sinov muddati 1 oy, barcha modullar ochiq.

Har oyning 1-sanasida tizim har bir oʻquvchiga oylik toʻlovni oʻzi hisoblaydi, guruh narxi yoki shaxsiy narx boʻyicha. Oy oʻrtasida kelganga faqat qolgan darslar hisoblanadi. Toʻlovni kassaga kiritasiz, kim qaysi oylar uchun toʻlamagani esa «Qarzdorlar» ekranida turadi.

Oʻqituvchi darsni telefonidan belgilaydi: keldi, kechikdi, kelmadi yoki sababli. Hali belgilanmaganlarni «Hammasi keldi» tugmasi bir bosishda belgilaydi. Qabulxona markazga kim kelib, kim ketganini yozadi va «Hozir markazda» roʻyxatini koʻrib turadi.
«Kelmay qoʻyganlar» roʻyxati ketma-ket dars qoldirayotgan yoki ancha vaqt kelmagan oʻquvchilarni topadi. Chegarani oʻzingiz qoʻyasiz, ota-onaning raqami shu qatorda.
Ota-ona oʻquvchining QR-kodini skanerlab, botda «Start»ni bosadi. Shundan keyin farzandi markazga kelganda, ketganda yoki darsga kechikkanda xabar oladi, toʻlov muddatida esa bot summa va oyni eslatadi. Barcha farzandlarini bitta botga ulaydi.
Xabarlar umumiy Edvento botidan yoki markazingiz nomidagi botdan boradi. Oʻz botingiz bepul.
Telegrami yoʻq ota-onalarga SMS yuborsa boʻladi. SMS alohida, dona hisobida sotib olinadi: Telegram yetarli boʻlsa, SMS uchun pul toʻlamaysiz.
Har bir oʻqituvchining oʻz stavkasi bor: guruh narxidan foiz. Ulush guruh narxidan hisoblanadi, shuning uchun oʻquvchiga berilgan chegirma oʻqituvchi maoshini kamaytirmaydi. Oy oʻrtasida oʻqituvchi almashsa, summa oʻtilgan darslarga qarab boʻlinadi, oy yakuni qaydnomada jamlanadi.
Qaydnomani faqat siz ruxsat bergan xodimlar koʻradi.

Testni boshqa servisda oʻtkazish shart emas. Savollar tizim bankidan olinadi yoki oʻzingiz Exceldan yuklaysiz.
Adaptiv test oʻquvchining javoblariga moslashadi, tugashi bilan uni qaysi guruhga qoʻyish kerakligi koʻrinadi.
Dasturingiz mavzulari boʻyicha test. Natija har bir mavzu boʻyicha foizda chiqadi: oʻquvchi nimani tushungani va nimani takrorlashi kerakligi koʻrinib turadi.
Bitta testni butun guruhga birdaniga berasiz: har bir oʻquvchi oʻz havolasini oladi va testni telefonda yechadi.
Bitta oʻquvchi, bitta test. Oxiriga yetmagan test balansga qaytadi.
Test oʻquvchi uchun qanday oʻtadiHar bir ariza oʻz bosqichida: yangi arizadan test va sinov darsi orqali yozilish yoki rad etishgacha, bosqichlarni oʻzingiz sozlaysiz. Test tayinlansa, ariza oʻzi keyingi bosqichga oʻtadi, test tugagach kartochkada tavsiya etilgan daraja chiqadi. «Guruhga yozish» uni oʻquvchiga aylantiradi.
Bosqichlar hisoboti odamlar qayerda tushib qolayotganini koʻrsatadi.
Tayyor tarifni tanlang yoki kerakli modullardan oʻzingiznikini yigʻing. Narx oʻquvchilar soniga bogʻliq emas.
169 000 soʻmoyiga
Nimalar kiradi
249 000 soʻmoyiga
Nimalar kiradi
Faqat kerakli modullar va testlar sonini tanlang, faqat ular uchun toʻlaysiz.
oyiga
Faqat testlarni ham, butun CRMni ham olsa boʻladi, qaysi modul qaysisiga bogʻliqligini konstruktor oʻzi koʻrsatadi. Oy oʻrtasida modul qoʻshsangiz, faqat qolgan kunlar uchun toʻlaysiz. Olib tashlangan modul keyingi davrdan oʻchadi.
Tarifga kirgan testlar oy oxirigacha amal qiladi. Tarifdan tashqari sotib olingan testlar kuyib ketmaydi.
Sinov davridan boshlang: barcha modullar ochiq, keraklisini keyin tanlaysiz.
Obunani karta orqali onlayn yoki hisob raqamiga oʻtkazma orqali toʻlash mumkin.
Pulni sizning qoidalaringiz boʻyicha hisoblaydigani. Edvento oʻquvchilar guruhlarda jadval boʻyicha oʻqib, oyma-oy toʻlaydigan markazlar uchun qilingan: til va fan kurslari, imtihonga tayyorlov. Agar sizda N ta darslik abonement boʻlsa, sxemangiz tizimga tushishini sinov davrida tekshirib koʻring.
Jadvalda qarzni formula hisoblaydi, uni bir kun kimdir buzib qoʻyadi. Bu yerda hisobni tizim yozadi, har bir summa qanday chiqqani koʻrinadi, tuzatish esa sababi bilan yangi yozuv boʻlib qoʻshiladi, eskisi oʻchmaydi. Excel ota-onaga Telegramda yozmaydi va rahbarga qarzdorlar roʻyxatini yubormaydi.
Narx oʻquvchilar soniga emas, yoqilgan modullar va testlar soniga bogʻliq. Amaldagi narxlar «Tariflar» boʻlimida. Yangi markaz sinov davridan boshlaydi, unda barcha modullar ochiq.
Ha. Guruhlar, kassa va davomat filiallar boʻyicha yuritiladi, hisobotlarni filial boʻyicha koʻrish mumkin. Xodimga bitta filialni yoki hammasini ochib berasiz.
Telegram yoki SMS orqali. Ota-ona oʻquvchining QR-kodini skanerlaydi yoki havolani ochib, botda «Start»ni bosadi. Shundan keyin farzandi kelgani va ketgani, darsga kechikkani haqida xabar va toʻlov eslatmalarini oladi. Telegrami yoʻq ota-onalarga markaz SMS yuborishi mumkin: SMS dona hisobida va faqat kerak boʻlsa sotib olinadi.
Guruh narxidan foiz bilan, har bir oʻqituvchining stavkasi alohida. Ulush oʻquvchiga oylik hisob yozilganda hisoblanadi, shuning uchun oʻquvchi chegirmasi uni kamaytirmaydi, markaz bekor qilgan dars esa kamaytiradi. Oyda ikki oʻqituvchi dars bergan boʻlsa, summa oʻtilgan darslarga qarab boʻlinadi. Toʻlovlar qaydnomaga yoziladi.
Yoʻq. Oʻquvchilar pulini oʻzingiz odatdagidek qabul qilasiz: naqd, terminal yoki oʻtkazma orqali. Edvento faqat hisobini yuritadi: oylik hisob, kassa va qarzlar.
Maʼlumotlar oʻchirilmaydi. Muddat tugagach avval hammasi odatdagidek ishlaydi, keyin kabinet faqat koʻrish rejimiga oʻtadi, soʻng kirishda toʻlov sahifasi ochiladi. Bu vaqt davomida oʻquvchilarga hisob yozish va darslar jadval boʻyicha davom etadi, obunani uzaytirgach hech narsani qayta kiritish kerak boʻlmaydi.
Jadvali va narxi bilan bitta guruh oching, oʻquvchi qoʻshing va ota-onani QR orqali ulang. Oyning qolgan qismi uchun hisob darhol yoziladi, kelish belgilangach esa ota-ona Telegramda birinchi xabarni oladi. Sinovdan keyin keraksiz modullarni yoqmay qoʻyaverasiz.